Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ispaniya futbol federasiyasi Yamal masalasida «Barselona» va terma jamoa o‘rtasidagi mojaroga munosabat bildirdi

Ispaniya futbol federasiyasi Yamal masalasida «Barselona» va terma jamoa o‘rtasidagi mojaroga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan “Barselona” va milliy terma jamoa o‘rtasidagi Lamin Yamal atrofidagi vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi.

Sentyabr oyidagi terma jamoalar o‘yinlaridan keyin “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya terma jamoasini tanqid qilgan edi. Uning fikricha, “Qizil Furiya” futbolchilar sog‘lig‘iga yetarlicha e’tibor bermayapti. Nemis mutaxassisi Yamal jismoniy noqulaylik his qilganiga qaramasdan, uni o‘yinlarga jalb etilganidan norozi bo‘lgan.

OAVning yozishicha, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente oktyabr oyidagi o‘yinlar uchun Yamalni chaqirgan, garchi futbolchining o‘zi sog‘lig‘i sabab chaqirilmaslikni so‘ragan bo‘lsa ham.

“Barselona" — buyuk klub, va biz ular bilan hamkorlikda ishlaymiz. Bunday turdagi bahs va shov-shuvlarga ortiqcha ahamiyat berish shart emas, vaziyatni adolatli baholash kerak.

Agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, hamma narsa unga asoslanib baholanishi lozim. Eng muhimi — Ispaniya erkaklar va ayollar terma jamoalari dunyo reytingida birinchi o‘rinda. Men yaxshi muhit va tinchlik bo‘lishini xohlayman,” — dedi Rafael Lusan Cadena SER nashriga bergan izohida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 15:02, 05.10.2025.
O'qildi: 1685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.