Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Mirko Yelichich: “O‘yindan unchalik mamnun emasman”

Mirko Yelichich: “O‘yindan unchalik mamnun emasman”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro-liganing 16-turi doirasida "Lokomotiv" - "Olimpik" uchrashuvidan keyin "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Uch ochkoni qo‘lga kiritdik. O‘yindan unchalik mamnun emasman. Ko‘p vaziyatlarda biz to‘p yo‘qotdik, xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ortiqcha harakatlar ko‘p bo‘ldi, bularni kamaytirish kerak. Futbolchilarim qanday futbol o‘ynash kerakligini yaxshi bilishadi. Hali to‘p bilan ko‘p ishlashimiz kerak. Bugun ko‘p oldinga o‘ynadik, ko‘p hujumlar qildik. Shunchaki vaziyatlardan foydalanish, ya’ni, to‘g‘ri qarorlar chiqarish kerak. Raqib tarkibidagi yosh futbolchilarning iqtidori yuqori. Ushbu mavsumdan keyin ularga yaxshi jamoalardan takliflar bo‘lishi kerak. Chunki ular bilan anchadan beri bilaman. Ushbu yoshlarning o‘yinlari menga ma’qul kelmoqda. Umid qilamanki, ushbu yoshlarning kelajagi yaxshi bo‘ladi.

- Bugun jamoangiz ko‘p xato qildimi?

- Osonroq o‘ynashni o‘rganish kerak, ishni qiyinlashtirib yuborish kerakmas. O‘yin bunchalik qiyin bo‘lmasligi ham mumkin edi, lekin biz o‘zimiz holatlarni og‘irlashtirib yubordik.

- Bugun Nikola Popovich ikkita gol urdi. Ushbu futbolchi haqida fikringiz.

- Unda yetarlicha sifatlar bor, biroq barqarorlik yetishmayotgandi. Bugun u ikkita gol urdi va bu yaxshi holat. Hujumchilarning gollarini sanashadi. Gol urmasang qadrlanmaysan. Endi u ham barqarorlik sari harakat qilishi kerak. O‘yinlar orqali o‘z darajasini qaytarib olish uchun o‘ynasin.

- Bugungi o‘yindan keyin tanaffus bo‘ladi. Rejalar qanday?

- Keyingi o‘yingacha 3 hafta bor. Balki bunga optimal holatda bormasligimiz ham mumkin. Agarda bunday holat yil boshida bo‘lganida o‘rtoqlik o‘yinlari uchun raqib ham bo‘lardi, futbolchilarga jismoniy yuklama ham bera olardik. Mavsum oxirida esa bu noqulaylik tug‘diradi. Mavsum tugashiga oz vaqt qoldi, hamma charchagan. Bunday paytda futbolchiga dam berib, ularni bo‘shashtirish, shu orqali ularning futboldagi sifatlarini saqlab qolish kerak.

Manba: https://t.me/LokomotivUzb
Kiritildi: 22:43, 05.10.2025.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик