Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Maksim Shaskix: “Uchrashuvdan so‘ng futbolchilarga rahmat aytdim”

Maksim Shaskix: “Uchrashuvdan so‘ng futbolchilarga rahmat aytdim”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan “Neftchi” - “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix qatnashdi.

- Hammaga xayrli kech. Ko‘p gapirmayman, asosan bir narsani aytib o‘taman: ko‘rinib turibdiki, yigitlarni charchagani sezilib turdi. Qisqa grafikda 5 ta o‘yin o‘tkazdik. Birinchi bo‘limdayoq bizga ancha qiyin bo‘lishi bilingandi. Uchrashuvdan so‘ng futbolchilarga rahmat aytdim. Taqvim juda tig‘iz tuzilgan. Ba’zi o‘yinchilar bunday rejimda ishlab o‘rganishmagan. Qolaversa, raqibimiz ham kuchli. Yaxshi darajadagi jamoa ekanini alohida ta’kidlashim kerak. Individual jihatdan tajribali futbolchilari ko‘pligini ham aytib o‘tish kerak. Biz bosqichma-bosqich keyingi uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib boramiz. Endi terma jamoamizni o‘yinlari sababli chempionatimizda pauza bo‘ladi. Shu vaqt oralig‘ida o‘yinimizni yanada yaxshilab olishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, jarohat olganlar ham undan forig‘ bo‘lib safga qaytishadi, degan umiddaman. Biz oldinga qarab intilishga harakat qilamiz.

- O‘tkazib yuborilgan birinchi golga kim javob beradi?

- Darvozabonni ayblay olmayman. Tan olaman, o‘tkir burchakka zarba berildi. O‘yinni videosini ko‘rib chiqamiz. Shundan so‘ng xulosaga kelaman. Yana qaytaraman, darvozabonni ayblay olmayman.

- Mavsum oxirlab qolyapti. “Andijon” chempionat so‘nggiga qadar kerakli ochkolarini to‘play oladimi?

- Dekabrda ko‘ramiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:45, 05.10.2025.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.