Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Kannavaro: «Hatto velosipedimni ham olib keldim»

Kannavaro: «Hatto velosipedimni ham olib keldim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro yurtimizda ko‘p vaqt o‘tkazmoqchi ekanligini aytdi.

«Birinchi navbatda O‘zbekiston mundial ishtirokchisi, Italiya esa hali yo‘llanma olmadi. Mamalakatim uchun afsusdaman, futbol faqat Yevropada emas, butun dunyoda jumladan, Osiyoda shiddat bilan rivojlanmoqda. Osiyo terma jamoalariming saviyasi oshib borayotgani sabab Italiyaga qarshi o‘yin o‘tkazish qiyin emas. Futbol rahbariyati bolalar futboliga e’tibor qaratgan, tizimli rivojlanish uchun mana shunday Milliy futbol markazi qurildi.

Men 8 yoshimdan beri futboldaman, u men biladigan yagona soha. Umid qilamanki, vaqt o‘tib bundan-da rivojlanamiz.

Bir oy avval bu yerga tashrif buyurdim. O‘shanda hazil tariqasida ishlashga tayyorligimni aytgandim, bu esa amalga oshdi. Albatta, futbolchilarni ham kuzatdim, lekin mashg‘ulotlarda bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugun futbolchilarnbilan ko‘rishdik, ular orasida italyanchada so‘zlashadiganlari ham bor. Murabbiy va futbolchilar kommunikasiyasi juda muhim. Timur Kapadze bilan ham yig‘inga chaqirilgan futbolchilar borasida gaplashdik. Mahalliy mutaxassislar shtabda bo‘lishi tarafdoriman, bu men uchun juda katta yordam beradi. Futbolchilar mentaliteti, mamlakat madaniyatini tez o‘zlashtirish zarur, shu sabab Ravshan Ermatovdan bu haqda o‘zim ham iltimos qildim.

Superliga o‘yinlarini ham kuzatib boraman, aytib o‘tganimdek, futbolchilarni maydonda kuzatish eng yaxshi taassurotni beradi.

Men juda ko‘p chemodan bilan keldim. Maqsadim bu yerda ko‘proq bo‘lish, hatto velosipedimni ham olib keldim, uni haydashga vaqtim bo‘ladimi, yo‘qmi bilmadim, lekin ko‘proq odamlar orasida bo‘lishni yoqtiraman. Katta ishtiyoq bilan keldim, yoshlar va o‘smirlar jamoalarining o‘yinlarini ham kuzatib boraman, katta ishtiyoq bilan keldim», - dedi 52 yoshli italiyalik mutaxassis.

Kiritildi: 17:45, 06.10.2025.
O'qildi: 3269 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.