Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Rabyo: «G‘azabdaman»

Rabyo: «G‘azabdaman»

Baho:
+ | -

"Milan" yarim himoyachisi Adriyen Rabyo "Yuventus"ga (0:0) qarshi o‘yindagi durangdan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Massimiliano Allegri jamoasi Turinda uch ochko olishi mumkin edi, biroq Kristian Pulishich 53-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi.

"Men uchun bu hissiy kecha. "Yuventus"ning ko‘plab futbolchilarini, stadionni, xodimlarni va hatto murabbiy Tudorni ham bilaman. Bu yerga qaytish yoqimli edi. G‘alaba qozonishni istardim, ammo futbol shunaqa.

G‘azabdaman, axir biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi - bizda yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi, ammo nimadir yetishmadi. Takomillashishda davom etish kerak, mavsum endi boshlandi," - deya Rabyoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik xavbek 2019-2024 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan. "Milan"ga u sentyabr oyi boshida "Marsel"dan o‘tgan.

Kiritildi: 22:12, 06.10.2025.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик