Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Shirer Xolandning kuchli tomonlarini e’tirof etdi

Shirer Xolandning kuchli tomonlarini e’tirof etdi

Baho:
+ | -

“Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer “Manchester Siti” forvardi Erling Xoland bilan bo‘layotgan taqqoslashlarga izoh berdi. Norvegiyalik hujumchi 104 ta o‘yinda 94 ta gol urgan. Shirer Xolandning tezligi va jismoniy kuchiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«So‘nggi paytlarda Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi hujumchi kim — menmi yoki Xolandmi, degan gaplar ko‘paydi. Buni odamlar o‘zi hal qilaversin. Men o‘z faoliyatimdan juda mamnunman.

Erling haqida aytsam — u mutlaqo "vaxshiy"! Uning o‘yini menga juda yoqadi va unga nisbatan katta hurmatim bor. Uning deyarli hech qanday zaif tomoni yo‘q: tez, baquvvat, bosh bilan a’lo darajada o‘ynaydi va juda ko‘p gol uradi. U bundan tashqari, unga imkoniyat yaratib beradigan ajoyib jamoa safida o‘ynaydi. Shuning uchun bahslar davom etsin», — dedi Shirer.

Alan Shirer APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi — u 441 ta o‘yinda 260 ta gol urgan.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 06:43, 07.10.2025.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик