Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Ibrahimovich: «Pul hayotni osonlashtirishi mumkin, lekin u seni baxtli qilolmaydi»

Ibrahimovich: «Pul hayotni osonlashtirishi mumkin, lekin u seni baxtli qilolmaydi»

Baho:
+ | -

Sobiq yulduz hujumchi, hozirda “Milan” klubining katta maslahatchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Zlatan Ibrahimovich hayotdagi baxt tushunchasi haqida fikr bildirdi.

«Oddiy darajadagi pul bilan ham yaxshi hayot kechirsa bo‘ladi. Ammo hozirgi kunda qaysi miqdorni “oddiy” deyish mumkin? Men ikki xil holatni ko‘rganman: pulsiz oilada tug‘ilganman, otam oyiga ming yevro topardi va biz shu mablag‘ni bo‘lib ishlatardik. Bu uning puli edi, lekin zarur bo‘lsa, u men bilan ham bo‘lishardi. Shu davrlarda ham men baxtli edim. Demak, masala nima haqda?

Baxt... Bu nima degani? Hozir men baxtliman, ammo 10 daqiqadan keyin hammasini o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun faqat o‘sha daqiqalarning o‘zi ahamiyatli. Pul hayotni yengillashtiradi, ammo seni baxtli qilolmaydi, deb o‘ylayman. Men uchun muhim narsa — aynan o‘sha lahzalar. Masalan, men “Barselona”ga o‘tishni orzu qilganman, ammo bir yil o‘tib, bu orzu haqiqiy tushkunlikka aylandi. Hayot shunday lahzalardan iborat», — dedi Ibrahimovich Sport.es nashriga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:34, 07.10.2025.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик