Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Vlaxovich nemis superklubiga o‘tishga qarshi emas

Vlaxovich nemis superklubiga o‘tishga qarshi emas

Baho:
+ | -

Ayni paytda "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich "Bavariya"ga o‘tish variantini ijobiy baholamoqda. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar klubi vakillari ushbu transfer bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lishgan. 25 yoshli futbolchining "keksa sinyora" bilan amaldagi kelishuvi yaqin yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Joriy mavsumda Vlaxovich barcha turnirlarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq, narxi 35 million yevroga baholanayotgan futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 17:38, 07.10.2025.
O'qildi: 726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик