Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" o‘z yulduzi bilan kelishib oldi

"Yuventus" o‘z yulduzi bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumkor yarim himoyachisi Kenan Yildiz klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi.

Tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan kelishuv shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur. 20 yoshli futbolchi taxminan 5 mln yevro va bonuslar ishlab topadi. Istiqbolli turkiyalik futbolchiga Londonning "Chelsi" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirayotgandi, ammo "keksa sinmora" yosh yulduzini bunga ko‘ndira oldi.

Kenan Yildiz joriy mavsumda 8 ta bahsda 2 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 75 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:58, 08.10.2025.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик