Peruda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bellashuvlari yakuniga yetdi. Og‘ir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Kumush medalni +78 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nig‘matova keltirgan bo‘lsa, Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Zoirov (-100 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, sportchilarimiz yakkalik bahslarini 1 ta kumush va 5 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Dasturga ko‘ra, bugun aralash jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.













