Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Real" tarbiyalanuvchisi Messiga jamoadosh bo‘ladi

"Real" tarbiyalanuvchisi Messiga jamoadosh bo‘ladi

Baho:
+ | -

"Real" va "Tottenxem" klublarining sobiq himoyachisi Serxio Regilon AQSHning "Inter Mayami" klubiga o‘tishga kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchi "Inter Mayami" bilan shartnomaga og‘zaki rozilik bergan. U tez orada 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishi va Lionel Messi to‘p tepayotgan jamoaga borib qo‘shilishi kutilmoqda.

2020 yildan 2025 yilgacha Regilon "Tottenxem"ga tegishli bo‘lgan, ammo ko‘p vaqtini ijarada o‘tkazgan. Bu vaqt ichida himoyachi "shporlar" safida 73 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va to‘qqizta golli uzatma muallifiga aylandi. O‘tgan yozda futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etgandi.

Kiritildi: 16:13, 08.10.2025.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик