Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Alisher Nikimbayev O‘zbekiston milliy jamoasiga Fabio Kannavaro bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida fikr bildirdi

Alisher Nikimbayev O‘zbekiston milliy jamoasiga Fabio Kannavaro bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi boshqarmasi sobiq rahbari Alisher Nikimbayev Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida fikr bildirdi.

«Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasiga tayinlash — tavakkal qadam. Federasiya o‘zi istaganidek xorijlik murabbiy topdi. Lekin qo‘rqinchli tomoni — jamoani terma darajasida ish tajribasi bo‘lmagan murabbiy boshqarmoqda. Umid shundaki, Kannavaro futbolni yaxshi tushunadi. U sportni ichi-ichidan biladi, shuning uchun bu ishni bajara olishi mumkin. Hamma ish uning hissiyotiga bog‘liq. Lekin meni bezovta qilgan jihat — Kannavaro terma jamoani hech qachon to‘liq boshqarmagan. Bu har kuni jamoa bilan ishlashdan farq qiladi. Terma bilan faqat yig‘inlarda uchrashish — boshqa narsa», — dedi Nikimbayev.

6 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi matbuot xizmati Fabio Kannavaroning bosh murabbiy sifatida rasman tayinlanganini ma’lum qildi. 52 yoshli mutaxassis terma jamoani 2026 yilgi Jahon chempionatida boshqarib boradi.

Avvalroq Kannavaro Xitoy terma jamoasi, «Udineze», Zagrebning «Dinamo», «Benevento», «An-Nasr», «Guanchjou Evergrand» va «Tyanszin Syuanszyan» klublarida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Manba: metaratings.ru
Kiritildi: 16:34, 08.10.2025.
O'qildi: 2610 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик