Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Gvardiola yoki Arteta emas: APLda oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Gvardiola yoki Arteta emas: APLda oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy tanlandi. Mukofotni "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner qo‘lga kiritdi.

Sovrin uchun kurashda Glasner Xosep Gvardiola, Mikel Arteta va Rojer le Bri kabi mutaxassislarni ortda qoldirdi.

Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Premyer-liganing uchta o‘yinida "Kristal Pelas" yetti ochko to‘pladi. Oliver Glasner jamoasi "Sanderlend" bilan durang o‘ynadi (0:0), keyin "Vest Xem" (2:1) va "Liverpul"ni (2:1) mag‘lub etdi.

Ayni paytda "Kristal Pelas" Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Yetti turda "burgutlar" 12 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi.

Kiritildi: 17:33, 10.10.2025.
O'qildi: 1471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик