Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo‘mitasiga tayinlandi

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo‘mitasiga tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

So‘nggi paytlar O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFA bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Yurtimiz 2024 yilda ilk bor FIFA miqyosidagi futzal bo‘yicha Jahon chempionatini qabul qilgan bo‘lsa, 2027 yilga kelib yoshlar o‘rtasidagi Mundialga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor.

FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovasiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi (Football Technology, Innovation and Digital Transformation Committee) — futbolni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirishga qaratilgan eng muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi.

Qo‘mita VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sun’iy intellekt kabi innovasion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi. FIFA Kengashining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov 2025–2029 yillar uchun ushbu qo‘mitaning rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Qo‘mitaga FIFAning Futbol texnologiyalari bo‘yicha direktori Yoxannes Xolzmyuller rahbarlik qiladi.

Shuningdek, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qo‘mitasiga (Beach Soccer Committee), O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasiga (Women's National Team Competitions Committee) tayinlandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 16:00, 12.10.2025.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.