Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Trent Aleksander-Arnold: «Maqsadim – «Madrid» tarixiga qalin iz bosish»

Trent Aleksander-Arnold: «Maqsadim – «Madrid» tarixiga qalin iz bosish»

Baho:
+ | -

Qariyib 10 yil davomida «Liverpul» tizimida kamol topib, zamonamizning eng mahoratli qanot himoyachilaridan biriga aylangan Trent Aleksander-Arnold avvalgi mavsum yakunida «Real» libosini kiyish ishqida «qizillar» bilan xayrlashdi. Tabiiyki, Arne Slot jamoasi asli liverpullik futbolchini olib qolishga rosa urindi, biroq Trent faoliyatida tub burilish yasash fikridan qaytmadi. U yaqinda GK jurnaliga bergan intervyusida jonajon jamoasidan ketish qarori xususida yana bir marta atroflicha to‘xtaldi.

«Liverpul»dan ketishi

- Tan olaman, hayotimdagi eng og‘ir qarorlardan birini qabul qilishimga to‘g‘ri keldi. Zero, «Liverpul» qadron uyimga aylangandi. Aynan shu klub tufayli o‘zim sevgan mashg‘ulot bilan shug‘ulanish va yashash baxtiga muyassar bo‘ldim. Shuningdek, «Enfild»da ko‘plab unutilmas voqeliklarni boshdan kechirdim, turli sovrinlar sohibiga aylandim. Lekin qachondir yangi chaqiriq bo‘lishi va ko‘nikilgan muhitni o‘zgartirish xohishi tug‘ilishi tabiiy edi. O‘ylaymanki, jamoadan ketish uchun qulay fursatni to‘g‘ri tanlay oldim.

«Real»ning chorlovi

- «Madrid» shubhasiz, istalgan futbolchini o‘ziga mahliyo qiladigan jamoa hisoblanadi. Shuning barobarida bunday katta klubda o‘ynab ketish naqadar qiyinligi ham barchaga ma’lum. Ochig‘i, buni yangi imkoniyat o‘laroq qabul qildim va salohiyatimni to‘liq ishga solish ishqida yonyapman. «Bernabeu» - muqaddas maskan. Mana, «Qirollik klubi» libosini kiygach, buning yuki nechog‘li og‘irligini yaqqol his qildim. Bir so‘z bilan aytganda, «Real»da ekanligimning o‘ziyoq hattoki, mashg‘ulotlarda bor kuchni sarflashimni taqozo etadi.

Bellingemning ta’siri

- Ochig‘i, bir to‘xtamga kelish jarayonida Jud bilan bir necha marta gaplashdim. U klub va Madriddagi ichki muhit haqida faqat ijobiy fikrlar aytdi. Shu tariqa menda o‘z salohiyatimni yangi joyda sinab ko‘rish xohishi kuchaydi. «Real»ning ulkan qadriyatlari shundoq ham ma’lum edi va bunday klub chorlovidan ko‘z yumish oson emas. «Liver­pul»dan ketishim esa jamoa ambisiyalari emas, balki shaxsiy yondashuvga bog‘liq.

APL va La Liga o‘rtasidagi farq

- Ispaniya chempionati uslub va keskinlik nuqtai nazaridan APLdan biroz farqlanishi sezilmoqda. Muhimi, bu yerda ham futboldan chinakamiga zavqlanish uchun barchasi mavjud. Albatta, maqsadim katta - «Madrid» tarixiga qalin iz bosishni istayman. Shunchaki, futbolchi emas, balki shaxs sifatida ham.

Shaxsiy qarashlar o‘zgarishi

- Tabiiyki, bu o‘tish nafaqat professional futbol nuqtai nazaridan, balki shaxsiy hayot masalasida ham keskin o‘zgarish hisoblanadi. Axir yangi mamlakat, yangi madaniyat - bularning barchasi sizga shaxs sifatida yangicha turtki beradi.

Ismi bo‘yicha chalkashliklar...

- Yevropada juda ko‘pchilik ismim bilan murojaat qilishda chalkashib ketadi. Kimlardir Aleks, boshqalar Arnold, deb chaqirishadi. Shuning uchun o‘zim buni soddalashtirdim - Trent.

Madrid shahriga baho

- Madrid xuddi Liverpul kabi tarixiy va go‘zal shahar. Bu yerda til o‘rganayotganim, yangi sarguzashtlarni boshdan kechirayotganim va shaharning boy madaniyatini his qilayotganimdan bag‘oyat xursandman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:34, 12.10.2025.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.