Zinedin Zidan Lamin Yamalning o‘yini yoqishini e’tirof etdi.
"Qaysi o‘yinchi menga ma’qul? Maydondagi o‘rnidan qat’i nazar, to‘pni egallagan paytda meni hayratga solgan bir futbolchi bor - u Yamal. O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida "San-Siro"da "Inter"ga qarshi o‘yinda u hamma ishni o‘zi uddaladi.
So‘ngra xayolimga Vitinya va Nevesh keladi. Ular hech qachon to‘pni yo‘qotishmaydi," - dedi "Yuventus", "Real", Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi va "Madrid" sobiq murabbiyi.













