Krishtianu Ronaldu jahon chempionati saralashida gollar soni bo‘yicha rekordchiga aylandi.
Portugaliya terma jamoasining 40 yoshli forvardi Vengriya bilan o‘yinda dubl muallifi bo‘ldi.
Bu Ronalduning saralash turnirlaridagi 40- va 41-gollari bo‘ldi. U 2016 yil 6 sentyabrda rekord o‘rnatgan gvatemalalik Karlos Ruisni (39) ortda qoldirdi.













