Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Kannavaroning yordamchi murabbiylari haqida

Kannavaroning yordamchi murabbiylari haqida

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning yordamchi murabbiylari haqida ma’lumot.

Eujenio Albarella — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy. 1965 yilda Italiyaning Neapol shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda "Yuventus" klubida faoliyat olib borgan. Bir yil o‘tib, Alberto Zakkeronining murabbiylar shtabiga qo‘shilgan va Yaponiya milliy terma jamoasi bilan birgalikda 2011-yilgi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Albarella 2016 yilda Xitoyning "Beijing Goan" klubida ishlagan. O‘sha paytda klub safida o‘zbekistonlik sobiq futbolchi Yegor Krimes ham to‘p tepgan.

2023–2024 yillarda u Fabio Kannavaroning murabbiylar shtabi tarkibida Italiyaning "Udineze" klubida faoliyat yuritgan, shuningdek, keyinchalik Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" jamoasida ham ishlagan.

Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi. 1970 yil 30 iyun kuni Italiyaning Bari shahrida tug‘ilgan. Sobiq professional darvozabon bo‘lib, "Sambenedettese", "Monsa", "Salernitana", "Roma", "Lechche", "Kalyari", "Udineze" va "Yuventus" klublarida o‘ynagan. "Yuventus" safida u Jianluiji Buffondan keyingi ikkinchi darvozabon sifatida tanilgan.

Murabbiylik faoliyatini "Yuventus" yoshlar jamoasida boshlagan. Keyinchalik "SPAL", "Sampdoriya" va Italiya U-21 terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Franchesko Troise — yordamchi murabbiy. U 1972 yil 5 fevral kuni Italiyaning Neapol shahrida tug‘ilgan.

UYEFAning A toifadagi murabbiylik lisenziyasiga ega. Futbolchilik faoliyatini 1990–1994 yillarda "Napoli" yoshlar jamoasi, shuningdek, "Kasele" va "Potensa" klublarida o‘tkazgan.

2013 yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. Faoliyatini "Kyevo" va "Uotford" klublarida Juzeppe Sanninoning yordamchisi sifatida boshlagan.

Keyinchalik, "Kataniya", "An-Nasr", "Guanjou Evergrand", "Benevento", "Udineze", "Dinamo Zagreb" kabi jamoalarda ishlagan. 2016 yildan beri Fabio Kannavaro bilan bir shtabda ishlab kelmoqda.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 16:20, 15.10.2025.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.