Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

APL klublari maoshlar chegarasi uchun ovoz beradi

APL klublari maoshlar chegarasi uchun ovoz beradi

Baho:
+ | -1

Noyabr oyida Angliya chempionati ishtirokchilari maosh va transferlarga sarflanadigan xarajatlarni cheklovchi tizimni joriy etish bo‘yicha ovoz berishda qatnashadi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Mazkur cheklovga ko‘ra, har bir klubning xarajatlari mavsum davomida qo‘lga kiritilgan mukofot pullari va televideniye daromadlari miqdoridan 5 barobardan oshmasligi lozim. Misol uchun, o‘tgan mavsumda 20-o‘rinni egallagan klub ("Sheffild Yunayted", taxminan 109,5 million funt sterling daromad bilan) uchun cheklov taxminan 550 million funt sterlingni tashkil etgan bo‘lardi.

"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari bu taklifga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, bunday cheklov ularning raqobatbardoshligini pasaytirishi va ingliz futbolining umumiy nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, ular jarima ochkolarini nazarda tutuvchi sanksiyalar tizimi haddan tashqari qattiq va adolatsiz bo‘lishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini bildirmoqda.

Kiritildi: 23:09, 15.10.2025.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик