Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

De Yong "Barselona" va "Ayaks"dagi bosimni taqqosladi

De Yong "Barselona" va "Ayaks"dagi bosimni taqqosladi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klubdagi bosim haqida fikr bildirdi. Xavbek "ko‘k-anorranglilar" safida 2019 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda, u Amsterdamning "Ayaks" klubidan jamoaga ko‘chib o‘tgan.

- "Barselona" - dunyodagi eng yirik klublardan biri. "Ayaks"da ham ma’lum bir bosim bor edi, ammo bu yerda u ancha kuchliroq seziladi," - dedi de Yong Marca nashriga.

Eslatib o‘tamiz, de Yongning xaridi "Barselona"ga 86 million yevroga tushgan edi. Bu mavsumda qimmatbaho xavbek barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq, de Yong kataloniyaliklar bilan 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasini imzolagan edi.

Kiritildi: 16:03, 16.10.2025.
O'qildi: 975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик