Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Gnabri "Bavariya"dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Gnabri "Bavariya"dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" qanot hujumchisi Serj Gnabri jamoada qolishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi "Bavariya"da qolish uchun maoshining qisqarishiga rozi bo‘lishga tayyor. Gnabri klubda o‘zini o‘z uyidagidek his qilmoqda va agar klub unga murojaat qilsa, shartnomani uzaytirish masalasini bajonidil muhokama qiladi.

Gnabri "Bavariya" safida 2017 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Gnabri bilan nemis grandi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.

Kiritildi: 16:31, 16.10.2025.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик