Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Van Deyk: "Biz bor e’tiborimizni oldindagi vazifaga qaratganmiz - "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etish"

Van Deyk: "Biz bor e’tiborimizni oldindagi vazifaga qaratganmiz - "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etish"

Baho:
+ | -

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk APL 8-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

"Bizni "Manchester Yunayted"ga qarshi juda muhim o‘yin kutib turibdi, men uni intiqlik bilan kutyapman va bu o‘tgan yili butun mavsum davomida ko‘rsatganimizni yana bir bor namoyish etish imkoniyatidir va aynan shu sababli biz chempion bo‘ldik va butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarni xursand qildik. Endi esa bu maqsadga erishish uchun bir-birimizga muhtoj ekanligimiz aniq.

Mehnat hamma narsaning asosi va biz izchillikni topishimiz va birdam bo‘lishimiz kerak. Biz bor e’tiborimizni oldindagi vazifaga qaratganmiz - "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etish. Bu qiziqarli o‘yin bo‘ladi," - deya niderlandiyalik 34 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Pro Soccer Talk.

"Liverpul" 19 oktyabr kuni "MYU"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 17:27, 16.10.2025.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик