Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 2-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 1-0 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

JCH-2026 tarixdagi eng qimmat chempionat bo‘lishi kutilmoqda

JCH-2026 tarixdagi eng qimmat chempionat bo‘lishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati chiptalari narxida ko‘tarilish bo‘lgan. The Telegraph nashrining yozishicha, 2026-yilgi mundial uchun chiqarilgan chiptalar narxi avvalgi mundial bilan solishtirganda keskin farq qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ochilish o‘yini uchun chiptalar narxi 370 dollardan boshlanadi, eng qimmat o‘rinlar esa 1 800 dollarga yetadi. Taqqoslash uchun, 2022 yil Qatarda o‘tgan mundialda ochilish o‘yiniga kirish narxlari 55–618 dollar atrofida bo‘lgan.

Final bahsi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi va ushbu o‘yin uchun eng arzon chipta 2 000 dollardan boshlanadi. Bu 2022-yilgi eng arzon final chiptasidan 10 barobar qimmat ekanligini ko‘rish mumkin. O‘rtacha narx esa 3 900 dollarga yetmoqda.

“Sayohat, yashash va boshqa xarajatlarni qo‘shsak, bu tarixdagi eng qimmat Jahon chempionati bo‘ladi. Turnirni stadiondan tomosha qiladigan muxlislar uchun buning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Agar final uchrashuvi uchun eng arzon chipta 2 000 dollar bo‘lsa, oldindan qaysi jamoalar o‘ynashini bilib bo‘lmaydigan o‘yin uchun juda katta sarf bo‘ladi”, deyiladi The Telegraph bayonotida.

Internetda tarqalgan stadion joylashuvi sxemalariga ko‘ra, 60 dollar atrofidagi chiptalarni topish deyarli imkonsiz bo‘lib qolgan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni AQSHning Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:05, 16.10.2025.
O'qildi: 1894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.