Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Hakim Fuzaylov: "Kurash hali to‘xtagani yo‘q"

Hakim Fuzaylov: "Kurash hali to‘xtagani yo‘q"

Baho:
+ | -

Superliga 25-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Xorazm" (0:3) uchrashuvidan so‘ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Avvalambor, futbolchilarimizga katta rahmat. Bugun maydonga tushgan hamma qattiq mehnat qildi, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq shundoq ko‘rinib turdi. Natijada yirik hisobda g‘alaba qozondik. Lekin kurash hali to‘xtagani yo‘q, oldinda yanayam muhim bahslar kutmoqda.

— Fubolchilarni almashtirish borasida fikringiz?
— Bizga shunga majbur edik, chunki kimdir toliqib qoldi, kimdir kichik jarohat oldi. Besh kundan keyin yana o‘yin o‘tkazamiz, hammaning sog‘lig‘i haqida o‘ylashimiz lozim. Bu o‘rinda tezroq tiklanib olishimiz kerak bo‘ladi.

— Sizningcha, "Xorazm" xavfli hududni tark etdimi?
— Yo‘q hali. Biz hamon qiyin vaziyatdamiz. Borgan sari o‘yinlar kam qolyapti, kurashmasak bo‘lmaydi. Bugun olti ochkoli o‘yinni o‘tkazdik. Agar yutqazib qo‘yganimizda juda qiyin vaziyatga tushib qolgan bo‘lardik. Superligada qolish uchun astoydil kurash ketyapti, biz ham harakat qilishda davom etamiz.

— Xuddi birinchi davradagi kabi bugun ham jamoangiz "Mash’al"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu haqda fikringiz?
— Har ikki davrada "Mash’al"ni mag‘lub etgan bo‘lsak-da, bu oson bo‘lib qolgani yo‘q. Ikkala uchrashuv ham qiyin o‘tdi. Kim birinchi gol ursa ustunlik shu jamoaga o‘tdi. Yana bir bor shogirdlarimga g‘alaba uchun rahmat.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:07, 17.10.2025.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик