Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Xabi Alonso: «Men «Real»ning o‘yini Mbappega bog‘lanib qolgan deb aytmasdim»

Xabi Alonso: «Men «Real»ning o‘yini Mbappega bog‘lanib qolgan deb aytmasdim»

Baho:
+ | -

“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning “Xetafe” ustidan qozongan g‘alabasi (1:0) va Kilian Mbappening jamoadagi roli haqida fikr bildirdi.

— “Xetafe" maydonida o‘ynash oson emas. Bu yerda kurashish va xarakter ko‘rsatish kerak. Ba’zi o‘yinlar tomoshabop bo‘lmasligi mumkinligini tushunish lozim. Biz diqqatni yo‘qotmadik va kerak bo‘lgan ishni bajardik. Belbog‘larni mahkamlab o‘ynashga to‘g‘ri keldi, chunki bu o‘yin go‘zal bo‘lmasligini bilardik — shunday bo‘ldi ham. Ammo bu g‘alaba bizga haftani yaxshi kayfiyatda boshlash imkonini berdi.

Men "Real"ning o‘yini Mbappega bog‘lanib qolgan deb aytmasdim. Biz faqat uning jamoamizda ekanidan xursandmiz. U gollari va o‘yindagi ishtiroki bilan hal qiluvchi rol o‘ynayapti. Biroq uning gollar ortida boshqa ko‘p muhim ishlarni bajarayotgan jamoadoshlari ham bor. Har bir futbolchi juda muhim,” — dedi Alonso Marca nashriga bergan intervyusida.

Hozirgi vaqtda “Real Madrid” Ispaniya chempionati jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi — jamoa 24 ochko jamg‘argan. Keyingi turda “Qirollik klubi” “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:40, 20.10.2025.
O'qildi: 1090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик