Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Laporta: «Kamp Nou» dunyodagi eng yaxshi stadionga aylanadi»

Laporta: «Kamp Nou» dunyodagi eng yaxshi stadionga aylanadi»

Baho:
+4 | -

“Barselona” prezidenti Joan Laporta klub tarixidagi eng yirik loyiha — “Kamp Nou” stadioni rekonstruksiyasi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi “Spotify Kamp Nou” dunyodagi eng zamonaviy stadion bo‘ladi.

— “Spotify Kamp Nou” — bu “Barselona” muxlislarining umumiy orzusi va kelajak avlodlarga qoladigan merosdir. Men muzlatib qo‘yilgan loyihani qayta jonlantirishga jasorat topdim. Bu qarorni klubning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun qabul qildik. Eng muhimi — klub a’zolari o‘z orzusining amalga oshishini ko‘rishlari kerak edi.

Idoramiz ruxsatnomalarni olish uchun tinmay ishladi. Klub rahbariyati nomidan stadionni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha birinchi lisenziyani olishga ko‘maklashgan barchaga minnatdorlik bildiraman.

Bu orzu endi reallikka aylandi. Albatta, bu yo‘l oson bo‘lmadi. Biz qabul qilib olgan meros deyarli inqiroz holatida edi. Ammo barcha qiyinchiliklarga qaramay, “Barselona” hech kimning nazorati ostida qolmadi. Biz mustaqillikka erishdik. Bizda o‘yini bilan maftun etuvchi jamoa bor va birgalikda dunyodagi eng yaxshi stadion — “Spotify Kamp Nou”ni quryapmiz.

Juda muhim jihat shundaki, klub o‘z a’zolariga tegishli bo‘lib qolishi kerak. To‘rt yildirki, men klubni aksiyadorlik jamiyatiga aylantiramiz, degan gaplarni eshitaman. Biz shuni kafolatlaymizki, “Barselona” a’zolar klubi bo‘lib qoladi — ehtimol, bu jihatdan biz yagonamiz.

Biz haqimizda fikr bildiruvchi “mutaxassislar” va boshqaruv bo‘yicha maslahatchilarga aytaman: bizdan uzoq yuringlar. “Barselona” — bu kompaniya emas, balki global tashkilot. Bizda jamiyatdagi eng ehtiyojmandlar uchun maxsus dasturlarni amalga oshiradigan fond bor. Dunyodagi hamma narsa biznes emas — futbolda ijtimoiy va sport tamoyillari ham mavjud, ularni biznes maktablarida o‘rgatishmaydi,” — dedi Laporta klubning umumiy majlisida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:03, 20.10.2025.
O'qildi: 1410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик