Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Aguero: "Hamma Messining abadiy o‘ynashini xohlaydi, ammo..."

Aguero: "Hamma Messining abadiy o‘ynashini xohlaydi, ammo..."

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Serxio Aguero Lionel Messining keyingi jahon chempionatida ishtirok etishi haqidagi savolga javob berdi.

"Menimcha, hamma Leoning abadiy o‘ynashini istaydi, shunday emasmi? Ammo qaror uniki - vaqti kelganda o‘zi qaror qabul qiladi," - dedi Aguero Stake’ga.

2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi sovrinni himoya qiladi.

O‘tgan jahon chempionati finalida Lionel Skalonining jamoasi Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng 11 metrlik zarbalar seriyasida mag‘lub etgan edi.

Dekabr oyida jahon chempionati guruh bosqichining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Biroq, o‘sha paytga kelib turnirning barcha ishtirokchilari hali aniqlanmagan bo‘ladi.

Kiritildi: 23:19, 20.10.2025.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик