Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Ro‘ziqul Berdiyev: «Asosiy maqsadimiz — ochko olish va guruhdagi holatimizni yaxshilash»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Asosiy maqsadimiz — ochko olish va guruhdagi holatimizni yaxshilash»

Baho:
+ | -

Elit OCHL 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Shabab al-Ahli» – «Nasaf» uchrashuvi arafasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda futbolchimiz G‘olib G‘aybullayev ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev:

— Biz ertangi o‘yinga to‘liq tayyormiz. “Shabab Al Ahli” — kuchli jamoa. Ular sifatli futbol namoyish etadi, tarkibida mahoratli futbolchilar yetarli. Shuningdek, jamoaviy o‘yinlari ham yuqori darajada.

Har ikkala jamoa ham yaxshi futbol ko‘rsatishga intiladi. Ishonamanki, ertangi bahs tomoshabinlar uchun qiziqarli bo‘ladi.

G‘olib G‘aybullayev:

— Jamoamiz ertangi o‘yinga jiddiy tayyorlandi. Bu uchrashuv har ikkala jamoa uchun ham murakkab va qiziqarli bo‘lishi aniq. Biz bu yerga ochko olish uchun kelganmiz.

Savol: Jamoangiz dastlabki ikki turda ochko ololmadi. Ertangi bahsda bu natijani o‘zgartirish uchun nimalarga e’tibor qaratyapsiz?

Ro‘ziqul Berdiyev:

— Asosiy maqsadimiz — ochko olish va guruhdagi holatimizni yaxshilash. Bu bosqichda kuchli raqiblar ko‘p. Biz shu paytgacha ikkita kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik va munosib qarshilik ko‘rsata oldik. “Shabab Al Ahli” ham yuqori saviyadagi raqib, ammo biz maydonga ijobiy natija uchun chiqamiz.

Savol: “Shabab Al Ahli” murabbiyi siz haqingizda iliq fikr bildirdi. Jamoa bilan uzoq yillardan buyon birgaligingiz jamoaga yanada kuch berishini aytib o‘tdi. Siz bu fikr haqida nima deya olasiz?

Ro‘ziqul Berdiyev:

— “Shabab Al Ahli” murabbiyiga iliq so‘zlari uchun minnatdorchilik bildiraman. U ham o‘z jamoasi bilan katta ishlar qilmoqda — o‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz, chunki o‘tgan mavsumda ikki bor to‘qnash kelganmiz. Ertangi o‘yin yana bir foydali tajriba bo‘ladi.

Har bir murabbiy yaxshi natija uchun harakat qiladi. Yigitlarimizni shunga tayyorladik.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:56, 20.10.2025.
O'qildi: 1587 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик