Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

“Al-Xolidiya” bosh murabbiyi: “Andijon” ertaga bizga albatta bosh og‘rig‘i bo‘lishini bilaman”

“Al-Xolidiya” bosh murabbiyi: “Andijon” ertaga bizga albatta bosh og‘rig‘i bo‘lishini bilaman”

Baho:
+ | -

“Andijon” — “Al-Xolidiya” uchrashuvi oldidan bugun “Bobur arena”da matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ali Ashur va jamoaning senegallik legioneri Dominik Mendi qatnashdilar.

Ali Ashur: “Dastlab Andijon ahliga minnatdorchiligimni bildiraman. Aeroportdan kutib olishdan boshlab bizga yaratilgan sharoitlar — joylashtirish, stadion, barchasi a’lo darajada. Bizga juda iliq munosabatda bo‘lishdi. Buni ko‘rib xursand bo‘ldim. Xususan, O‘zbekistonga va Andijon kabi go‘zal shaharga kelganimizdan mamnunman. Albatta ayta olamanki, ular Bahraynga borganida bizni qanday kutib olgan bo‘lsalar, biz ularni undan ham yaxshi kutib olamiz.

Ertaga juda kuchli raqibga qarshi o‘ynaymiz. Biz uchun jiddiy uchrashuv bo‘ladi. “Andijon”da yaxshi murabbiy va yaxshi futbolchilar bor. Bu jamoa ikki uchrashuvdan buyon hali gol o‘tkazmagan. Maydonda futbolchilari juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishgan. Biroq biz ham Bahrayndagi ikki o‘yindan keyin yaxshi natija ko‘rsatdik. Ertaga ham shunday yaxshi o‘yin namoyish etib, ijobiy natija bilan qaytishni maqsad qilganmiz. Futbolchilarim ham bu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapti. Ertaga bor kuchimiz bilan o‘ynab, eng yaxshi natijani ko‘rsatishga harakat qilamiz.”

Dominik Mendi: “Bu yerga kelganimizdan juda xursandmiz. Murabbiyimiz barchasini aytib o‘tdi, menimcha, qo‘shimcha qilishga hojat yo‘q. Ertaga maydonga chiqib, bor kuchimiz bilan yaxshi natija uchun kurashamiz. Maqsadimiz aniq. Murabbiyimiz tayyorgarlik rejasini belgilab berdi, biz esa shu asosida yaxshi natija ko‘rsatishimiz kerak.”

— “Andijon”ga xush kelibsiz. “Al-Xolidiya” jamoasi safarda ham hujumkor o‘yin ko‘rsatib yaxshi natijalarga erishgan. Ertangi bahsda ham hujumkor o‘yin namoyish etasizmi yoki himoyaga asoslangan o‘yin bo‘ladimi?

Ali Ashur: “Savol uchun rahmat. Futbolni yaxshi kuzatasiz. Agar bilsangiz, “Al-Xolidiya” Bahraynning kuchli klublaridan biri va o‘z tarixiga ega. Har doim hujumkor futbol o‘ynaganmiz. Men ham murabbiy sifatida hujumkor uslubni yaxshi ko‘raman. Mehmonda bo‘lsak ham, uyda bo‘lsak ham shuni namoyish etishga harakat qilamiz. Lekin uy va safar o‘yinlari o‘rtasida farq bor, chunki biz ko‘proq to‘pga egalik qilishni va agressiv o‘yin ko‘rsatishni xohlaymiz. Biroq bu har doim ham amalga oshmaydi, chunki bu narsa raqibga ham bog‘liq.

Masalan, “Andijon”ga qarshi o‘yinda ehtimol boshqacharoq uslubda harakat qilarmiz. Sababi, “Andijon” ham hujumkor o‘yin ko‘rsatadi. Ular oxirgi ikki uchrashuvda — “Arkadag‘” va “Al-Ahli”ga qarshi golli vaziyatlar yaratishdi. Ertaga maydonda ko‘ramiz. Lekin men har doim hujumkor futbol tarafdoriman.”

— “Andijon” jamoasini o‘rganib chiqqaningizni aytdingiz. Bu klub OCHLda ilk bor ishtirok etmoqda. Ularni qanday kuzatdingiz? Balki “ayg‘oqchi” yubordingizmi yoki videolar orqali tahlil qildingizmi?

Ali Ashur: “Asosan videolar orqali kuzatdik. Osiyo Chempionlar ligasidagi ikki o‘yinini ham, milliy chempionatdagi o‘yinlarini ham ko‘rib bordik. Ular necha gol urgani va necha gol o‘tkazganini ham bilamiz. Masalan, qirg‘izistonlik darvozabon, 8-, 3-, 26-, 18-raqamdagi jamoa sardori, 22-raqamli futbolchisi bizda yaxshi taassurot qoldirdi — tezkor, har doim raqib jarima maydonida faol. “Andijon”ni juda yaxshi tahlil qildik, har jihatdan o‘rganib chiqdik. Qaysi chiziqda qaysi o‘yinchisi qanday o‘ynaydi — barchasini bilamiz. Ertaga biz uchun juda og‘ir o‘yin bo‘ladi. Milliy chempionat bilan xalqaro bellashuvlar farq qiladi. “Andijon” ertaga bizga albatta bosh og‘rig‘i bo‘ladi, bilaman.”

— Kuz oylarida O‘zbekistonda havo biroz o‘zgaradi. Bahrayn bilan ob-havo sharoiti farqli. Bu holat o‘yinga ta’sir qiladimi?

Dominik Mendi: “Bu haqda xabardormiz. Murabbiyimiz ham aytib o‘tdi — biz bu narsalarni hisobga olgan holda tayyorgarlik ko‘rdik. Bahrayn bilan katta farq yo‘q. Men 2017 yili O‘zbekistonda o‘ynaganman, o‘shanda yanvarda juda sovuq edi. Hozirgi havo undan ancha yaxshi.”

— OCHL 2 musobaqasida “Al-Xolidiya”ning “Arkadag” bilan uchrashuvida siz juda hissiyotga berilganingizni ko‘rdik. Ertaga “Bobur arena”da qaynoq muhit bo‘ladi. Shunday holatlarga tayyormisiz?

Ali Ashur: “Hissiyotlarga berilish — bu mening murabbiylikdagi odatim. Har bir murabbiyda bo‘ladi. O‘yin vaqtida futbolchilarga ko‘rsatmalar berish, asabiylashish — bu tabiiy holat. Ammo futbolchilar bilan gaplashganda har doim ijobiy kayfiyat berishga harakat qilaman. Bu ham futbolning bir qismi.

Bizga bu muhit begona emas. OCHLda ikkinchi yil qatnashyapmiz. 40 ming muxlis oldida o‘ynaganmiz, Eronda 70 ming ishqiboz yig‘ilgan. Shuning uchun tayyormiz. Ertangi “Bobur arena”dagi muhitni ham kutyapmiz. “Andijon” muxlislarining o‘z jamoasini qanday qo‘llab-quvvatlashini bilamiz. Umid qilamanki, ular ham, biz ham bu o‘yindan zavq olamiz”.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:10, 21.10.2025.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик