"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan "Olimpiakos"ga qarshi o‘yindan so‘ng (6:1) o‘z Instagram sahifasida post joyladi.
"G‘alaba bizniki! Bu futbolkada birinchi xet-trik qayd etganimdan juda xursandman — bu orzu edi va u amalga oshdi! Endi bor e’tibor "el-klasiko"ga!", - deb yozdi 22 yoshli ispaniyalik futbolchi.













