Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Chelsi" vingeri klubdagi o‘yin va moslashuv taassurotlari haqida gapirdi

"Chelsi" vingeri klubdagi o‘yin va moslashuv taassurotlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" futbolchisi Jeymi Bayno-Gittens o‘z maydonida "Ayaks" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Men hali ham bu jamoada o‘rganishga, o‘yin uslubiga ko‘nikishga harakat qilyapman va hammasi yaxshi ketayotganidan mamnunman. Bunday o‘yinchilar bilan birga bo‘lish juda yoqimli, - dedi futbolchi.

- Hozir biz Chempionlar ligasi jadvalida yaxshi o‘rindamiz. Yaxshi o‘ynashda davom etishimiz, ko‘proq gol urishimiz va to‘plar nisbatini oshirishimiz kerak," - deya qo‘shimcha qildi vinger.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv 22 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan va unda "Chelsi" 5:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Iyun oyida "Chelsi" angliyalik yarim himoyachi Bayno-Gittens transferini rasman e’lon qildi. Futbolchi Dortmundning "Borussiya" klubidan o‘tgan va transfer qiymati 56 million yevroni tashkil qilgan.

Kiritildi: 12:10, 23.10.2025.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик