Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Keyn "Bavariya" bilan muzokaralar qachon boshlanishini aytdi

Keyn "Bavariya" bilan muzokaralar qachon boshlanishini aytdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn jamoa bilan shartnomani uzaytirishga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Muzokaralar keyingi oyda emas, balki yangi yilda bo‘lib o‘tadi. O‘shanda hammasini muhokama qilamiz. Holatimiz yaxshi, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Biz shoshilmayapmiz," - deya Keynning so‘zlarini keltiradi BILD.

Keyn 2023 yilda "Bavariya" futbolchisiga aylangandi. Joriy mavsumda 33 yoshli hujumchi aql bovar qilmas sermahsullikni namoyish etmoqda: barcha musobaqalardagi 12 o‘yinda u naqd 20 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, uning hisobida uchta golli uzatma bor.

Keynning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:45, 23.10.2025.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик