Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Turkiyalik futbolchi mashg‘ulot vaqtida yurak xurujidan vafot etdi

Turkiyalik futbolchi mashg‘ulot vaqtida yurak xurujidan vafot etdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning “Bandirma Sanayispor” klubi darvozaboni O‘g‘uzxon Kamaji mashg‘ulot paytida yurak xurujiga uchrab, 21 oktyabr kuni 28 yoshida vafot etdi. Bu haqda Haberturk nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulot vaqtida futbolchining ahvoli to‘satdan yomonlashgan. Unga darhol birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, so‘ngra Bandirma shahridagi kasalxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan.

Aniq o‘lim sababini aniqlash uchun Kamajining jasadi Bursa shahridagi sud-tibbiyot institutiga yuborildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi yurak xurujidan vafot etgan.

Manbaga ko‘ra, Kamaji 21 oktyabr kuni kardiolog ko‘rigiga yozilgan edi. U so‘nggi o‘yinlarning birida o‘zini yomon his qilgani ortidan shifokorga bormoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Bandirma Sanayispor” klubi Turkiya 1-havaskorlar ligasida o‘ynaydi. Jamoaning 27 oktyabr, dushanba kuniga belgilangan “Go‘nen” klubiga qarshi o‘yini bekor qilingan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:38, 23.10.2025.
O'qildi: 1489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик