Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Barselona" Flikning "Real"ga qarshi o‘yindagi diskvalifikasiyasini bekor qilishga urinmoqda

"Barselona" Flikning "Real"ga qarshi o‘yindagi diskvalifikasiyasini bekor qilishga urinmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning "Real"ga qarshi Ispaniya chempionati o‘yini uchun diskvalifikasiyasi bekor qilinishiga erishmoqchi. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, payshanba kuni "ko‘k-anorranglilar" Apellyasiya qo‘mitasiga apellyasiya shikoyati bilan murojaat qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Flik dam olish kunlari "Jirona"ga qarshi bahsda qizil kartochka olgandi. Nemis ikkinchi ogohlantirishdan keyin maydondan chetlatildi. Arbitr murabbiyning harakatlarida qarorga norozilikni ko‘rdi.

"Barselona" apellyasiyasida aytilishicha, hakamning protokoldagi yozuvlari videoda ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarga mos kelmaydi. Avvalroq Intizom qo‘mitasi kataloniyaliklarning dalillarini qabul qilmagan va Flikni diskvalifikasiya qilgandi. Agar bu shikoyat ham qanoatlantirilmasa, unda "Barselona" Ispaniya ma’muriy sport tribunaliga murojaat qilishi mumkin.

"Real" - "Barselona" uchrashuvi 26 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:26, 23.10.2025.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик