Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Islombek Ismoilov: «Maqsadimiz — o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochish»

Islombek Ismoilov: «Maqsadimiz — o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochish»

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov FIFA rasmiy sahifasiga intervyu berdi.

Unda murabbiyimiz jamoaning Osiyo chempionligidan keyingi ishonchi, Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni, mundialdagi raqiblar hamda yosh futbolchilarning psixologik tayyorgarligi haqidagi fikrlari keltirilgan.

1. Osiyo chempionligi siz va jamoangizga qanday ishonch berdi? Bu turnirda asosiy maqsadingiz nima?

— Osiyo chempionligi biz uchun katta sharaf, lekin shu bilan birga katta mas’uliyat ham keldi. Bu g‘alaba o‘yinchilarimizga ishonch bag‘ishladi va endi biz ikki baravar ko‘p mehnat qilyapmiz. Jahon chempionatidagi asosiy maqsadimiz — o‘zimizni dunyo sahnasida sinab ko‘rish, o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochish. Biz jamoaviy o‘yin, intizom va g‘ayrat orqali yurtimiz nomini munosib himoya qilishni niyat qilganmiz.

2. 2023 yilda O‘zbekiston U-17 Jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib borgan edi. O‘sha tajribadan qanday saboqlar oldingiz va bu safar nimalarni boshqacha qilmoqchisiz?

— O‘sha turnirda jamoani boshqargan murabbiy bilan ko‘p suhbatlashdim, ularning yutuq va xatolarini tahlil qildik. Har bir o‘yindan xulosa chiqardik. Eng katta saboq — bosim ostida to‘g‘ri qaror qabul qilish va o‘yinni nazoratda ushlash bo‘ldi. Shu bois tayyorgarlikda aynan shu jihatlarga e’tibor qaratdik. Endi biz faqat kuch bilan emas, balki aql bilan ham o‘ynaydigan jamoaga aylandik.

3. Osiyo darajasidagi o‘yinlar bilan jahon darajasidagi o‘yinlar orasidagi asosiy farq nimada? Shogirdlaringizni bunga qanday tayyorlayapsiz?

— Asosiy farq — o‘yin tezligi va qaror qabul qilish sifati. Yevropa, Afrika va Janubiy Amerikadan kelgan raqiblar juda yuqori bosim bilan o‘ynashadi, bu esa fikrlash uchun deyarli vaqt qoldirmaydi. Shu sababli mashg‘ulotlarda tez fikrlash, vaziyatni to‘g‘ri baholash va qaror qabul qilishni o‘rgandik. O‘yin uslubimizni ham yangiladik — endi biz faqat moslashmaymiz, balki o‘yinni o‘zimiz nazorat qilishga intilamiz.

4. Jahon chempionati oldidan tayyorgarlik qanday kechdi?

— Tayyorgarlik jarayoni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan puxta tashkil etildi. Bir nechta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida turli taktikalarni sinovdan o‘tkazdik. Raqiblarimiz — Paragvay, Irlandiya va Panama — haqida chuqur tahlil olib bordik, ularning kuchli va zaif tomonlarini o‘rgandik. Har bir jamoaga qarshi alohida o‘yin modeli ishlab chiqildi. Endi biz turli holatlarga moslasha oladigan va o‘z o‘yinini o‘tkaza oladigan jamoamiz.

5. Yosh futbolchilar uchun bu musobaqa katta sinov. Ularning bosim ostida o‘ynashga tayyorligi va jismoniy holatini qanday boshqaryapsiz?

— Bu yoshda futbolchilar katta bosimni sezishadi, lekin biz ularga bu holatdan qo‘rqmaslikni o‘rgatyapmiz. Har kuni psixologik mashg‘ulotlar va jamoaviy suhbatlar o‘tkaziladi, shuningdek, jismoniy tayyorgarlikka katta e’tibor berilmoqda. Tezlikni oshirish va o‘yin davomida yuqori tempni saqlash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Maqsad — har bir futbolchi o‘z salohiyatini to‘liq ko‘rsata olishi.

6. O‘zbekiston muxlislari va kelajak avlod futbolchilariga qanday murojaatingiz bor?

— Sizning ishonchingiz bilan biz Osiyo chempioni bo‘ldik, endi sizning duolaringiz bilan Jahon chempionatiga yo‘l olyapmiz. Bizni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlang, ishonishda davom eting. Yosh futbolchilarga esa shunday deyman: imkoniyat berilsa, uni qadrlang va mehnat bilan himoya qiling. Chunki iste’dod yo‘lni ko‘rsatadi, ammo maqsadga mehnat eltadi. Biz Jahon chempionatiga faqat g‘alaba uchun emas, balki O‘zbekiston nomini faxr bilan himoya qilish uchun ketyapmiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:01, 23.10.2025.
O'qildi: 1464 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.