Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Estevao Enso Fernandesga minnatdorchilik bildirdi

Estevao Enso Fernandesga minnatdorchilik bildirdi

Baho:
+1 | -

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Estevaoning o‘zi jamoadoshi Enso Fernandesga Chempionlar ligasi asosiy turniri 3-turidan o‘rin olgan Amsterdamning "Ayaks" klubiga qarshi o‘yinda penalti tepish imkoniyatini bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar birinchi bo‘lim davomida ikki marta 11 metrlik zarba yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Birinchisini Ernandes golga aylantirgan bo‘lsa, ikkinchi epizodda argentinalik futbolchi to‘pni 18 yoshli braziliyalikka berdi.

- Ruxsat eting, Ensoga minnatdorchilik bildiraman. U g‘ayrioddiy yigit, u menga penaltini tepish imkoniyatini berdi. Men buni kutmagan edim. Men unga qaradim, u menga to‘pni berdi va men juda xursand bo‘ldim," - deya Estevaoning so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.

Bu gol yosh futbolchi uchun Chempionlar ligasidagi debyut gol bo‘ldi. Umuman olganda, 2025/2026 yilgi mavsumda u barcha klub turnirlarida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining bozor narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 07:51, 24.10.2025.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик