Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Romano Gexi uchun kurashda "Liverpul"ning asosiy raqobatchilarini sanab o‘tdi

Romano Gexi uchun kurashda "Liverpul"ning asosiy raqobatchilarini sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi kelasi yili jamoasini o‘zgartiradi. 25 yoshli futbolchining "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga yetadi va uzaytirilmaydi. Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, inglizga da’vogarlarning barchasi yozgacha kutishni va uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni afzal ko‘rmoqda - yanvardagi transfer ehtimoli kam.

"Liverpul" qiziqishda davom etmoqda, shuningdek, "Tottenxem" va "Manchester Siti" ham "Pelas" yulduziga da’vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, futbolchining vakillari bilan "Bavariya" allaqachon aloqada bo‘lgan. Manbaning ta’kidlashicha, Italiyaga ko‘chib o‘tish dargumon. Hozirda Gehi barcha mavjud variantlarni o‘rganmoqda.

Kiritildi: 08:04, 24.10.2025.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик