Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

“CHelsi” “Real” qiziqish bildirgan futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

“CHelsi” “Real” qiziqish bildirgan futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+2 | -

Londonning “Chelsi” klubi “Bavariya” markaziy himoyachisi Dayot Upamekano transferi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda TeamTALK nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchiga “Liverpul”, “Inter” va Madridning “Real” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Myunxenliklar 26 yoshli himoyachining transfer narxini 60 million yevro atrofida baholamoqda. Shunga qaramay, Upamekanoning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Agar klub futbolchi bilan yangi bitim tuzishga ulgura olmasa, uni keyingi yil tekinga qo‘ldan boy berishi mumkin.

“Chelsi” transfer ro‘yxatida Upamekanodan tashqari “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexi, “Nottingem Forest” futbolchisi Murilyo va “Benfika” vakili Tomas Arauxo ham bor. London klubi yozda Yorrel Xatoni xarid qilgan bo‘lsa-da, Trevo Chaloba va Aksel Disasi o‘rnini to‘ldirish uchun yana bir markaziy himoyachi izlamoqda.

Ma’lumot uchun, Dayot Upamekano joriy mavsumda “Bavariya” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:45, 24.10.2025.
O'qildi: 1995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик