Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Chelsi" "Yuventus" yulduzini katta maosh evaziga og‘dirib olmoqchi

"Chelsi" "Yuventus" yulduzini katta maosh evaziga og‘dirib olmoqchi

Baho:
+ | -1

"Chelsi" "Yuventus"dan Kenan Yildizni katta maosh evaziga o‘z safiga og‘dirib olmoqchi, deb yozadi Tuttosport.

Turkiyalik vinger va "byankonerilar" o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozirda moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Hozir Yildiz yiliga 1,5 million yevro maosh oladi, biroq u va uning vakillari maoshni 5 milliongacha ko‘tarmoqchi. Shu bilan birga, "Yuve" atigi 2 million yevro taklif qilmoqda.

Vaziyatga "Chelsi" aralashishga harakat qilmoqda, u turkiyalikka bonuslarni hisobga olgan holda 10 million yevro taklif qilishga va uni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirishga tayyor. Qolaversa, Yildizni o‘z safiga qo‘shib olishdan "ko‘klar" xo‘jayini Todd Boeli shaxsan manfaatdor ekani ta’kidlanmoqda.

"Yuventus"ga sodiqligini bir necha bor ta’kidlagan, ammo hozircha klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayotgan futbolchining pozisiyasi hal qiluvchi omil bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kenanning Turin klubi bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan, shu bois tomonlarda murosaga kelish uchun hali yetarlicha vaqt bor.

Yildiz joriy mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:54, 24.10.2025.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.