"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Real"ga qarshi o‘yinda zaxira o‘rindig‘idan turib jamoasini boshqara olmaydi.
CAS xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar"ning Flikning diskvalifikasiya bo‘yicha ikkinchi apellyasiyasi ham rad etilgan.
60 yoshli nemis murabbiyi "Jirona"ga qarshi o‘yinda (2:1) hakam qarorlariga e’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlatilgan edi.













