"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu mavsumda o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynayotgan Mateus Nunes haqida fikr bildirdi.
"Nunes ajoyib vinger bo‘lish salohiyatiga ega, chunki u ajoyib jismoniy xususiyatlarga ega himoyaviy yarim himoyachi.
U eng yaxshilaridan biriga aylanishi mumkin - endi hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Biz bu haqda ko‘p gaplashamiz", dedi Gvardiola matbuot anjumanida.













