Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Superliga. «Sho‘rtan» - «Neftchi». Prevyu

Superliga. «Sho‘rtan» - «Neftchi». Prevyu

Baho:
+ | -

Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi sevimli «Neftchi» Superliganing 26-tur bahsida" Sho‘rtan" klubi mehmoni bo‘ladi.

O‘zaro to‘qnashuvlarga e’tibor qaratsak, milliy chempionatimiz doirasida jamoalar so‘nggi bor 2017 yilda uchrashgan bo‘lib, jami 25 marta maydonda kuch sinashgan. Bulardan 9 tasida «Sho‘rtan»ning qo‘li baland kelgan, 8 ta bahsda murosa ko‘chasi tanlangan va 8 ta bellashuvda «Neftchi» g‘olib bo‘lgan. Umumiy to‘plar nisbati 30-30.

O‘zaro qarama-qarshilikda «Neftchi» jamoasining eng yirik g‘alabasi 2005 yilda Oliy liganing 7-turida qayd etilgan bo‘lib,unda farg‘onaliklar 5:0 hisobida ustun kelishgan. «Sho‘rtan» klubining eng yirik g‘alabasi esa 2011 yilda G‘uzorda qayd etilgan va 4:0 ko‘rinishida bo‘lgan.

G‘uzorda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:

04.03.2017. «Sho‘rtan»-«Neftchi» 1:0
17.09.2016. «Sho‘rtan»-«Neftchi» 2:1
02.08.2015. «Sho‘rtan»-«Neftchi» 4:1
04.07.2013. «Sho‘rtan»-«Neftchi» 0:2
04.09.2012. «Sho‘rtan»-«Neftchi» 2:0

Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni «Sho‘rtan»-«Neftchi» bellashuvida Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi. Uchrashuv 25 oktyabr kuni soat 16:30 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/shurtanpfc
Kiritildi: 07:35, 25.10.2025.
O'qildi: 455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик