Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Fransiya futbol federasiyasi rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Fransiya futbol federasiyasi rahbarlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Fransiya futbol federasiyasi vise-prezidenti, futzal yo‘nalishi uchun mas’ul Piyeretta Barrot hamda Xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar Departamenti boshlig‘i Fransua Bigo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston futzal federasiyasi va Fransiya futbol federasiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda do‘stona sport aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Jan-Mishel Olyas o‘zbek delegasiyasini Fransiya futbol federasiyasining infratuzilmasi, tizim xodimlari faoliyati hamda futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston terma jamoalari murabbiylarining Fransiyada malaka oshirishi va tajriba almashishi uchun sharoit yaratish, shuningdek, yaqin kelajakda O‘zbekiston va Fransiya futzal terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur tashrif ikki davlat sport sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, futzal yo‘nalishida xalqaro tajribani kengaytirish sari muhim qadam bo‘ldi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 08:04, 25.10.2025.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик