Kirish Ro'yxatdan o'tish

Superkompyuter "Real" - "Barselona" uchrashuvining favoritini aniqladi

Superkompyuter "Real" - "Barselona" uchrashuvining favoritini aniqladi

Baho:
+-5 | -

Yakshanba kuni Ispaniya La Ligasida "Real" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Opta kompaniyasi mutaxassislari superkompyuter yordamida jamoalarning ushbu o‘yinda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqishdi.

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, "Real"ning "klasiko"da g‘alaba qozonish imkoniyati 45,3 foizni tashkil etadi. "Barselona"ning imkoniyatlari 31,1 foiz. Shunga ko‘ra, durang ehtimoli 23,6% bilan o‘lchanadi.

Aytish kerakki, o‘tgan mavsumda "Barselona" barcha musobaqalarda o‘zaro 4 o‘yinda ham "Real"ni mag‘lub etgan.

Ispaniya chempionati doirasidagi "Real" - "Barselona" uchrashuvi 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.

Kiritildi: 18:22, 25.10.2025.
O'qildi: 7549 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик