Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Bahrayn-2025. Futzal. O‘zbekiston 2-turda Xitoy bilan durang o‘ynadi

Bahrayn-2025. Futzal. O‘zbekiston 2-turda Xitoy bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston futzal jamoasi musobaqadagi o‘zining ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi.

Dilshod Rahmatov shogirdlariga bu safar Xitoy raqiblik qildi. Jamoamiz 1-daqiqadayoq Abdulboriy Ilyosovning individual harakati evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmasdan raqib hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Xitoy ikkinchi golni urib, oldinga o‘tib oldi. 27-daqiqada esa yana o‘sha jamoamiz sardori Ilyosov hisobni tenglashtirdi.

O‘zbekiston mazkur o‘yinda g‘alaba qozonishi mumkin edi. Ammo to‘p ikki marta raqib darvozasi ustuniga tegib qaytgan bo‘lsa, ikki marta futzalchilarimiz yaqin masofadan aniq zarba bera olishmadi. O‘yin so‘ngida Dilshod Rahmatov darvozabon o‘rniga maydonga beshinchi o‘yinchi tushirdi. Ammo bu taktika ham ish bermadi va durang bilan kifoyalandik.

Jamoamiz 1-turda Afg‘onistonga 2:10 hisobida yutqazgan bo‘lsa, Xitoy Bahraynni 6:0 hisobida mag‘lub etgandi. Demak, jamoamiz keyingi bosqichga chiqishi uchun so‘nggi turda Afg‘onistonni yirik hisobda mag‘lub etib, o‘zimiz Bahraynni yirik hisobda mag‘lub etishimiz shart. 3-tur bahslari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari.
Futzal. "A" guruhi, 2-tur
XITOY - O‘ZBEKISTON - 2:2
Gollar: Lyu Xao Yu (4), Chuang Chishi (22) — Abdulboriy Ilyosov (1, 27)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:03, 25.10.2025.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик