Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Prevyu: «Bunyodkor» — «Mash’al»

Prevyu: «Bunyodkor» — «Mash’al»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston superligasining 26-turi doirasida «Bunyodkor» va «Mash’al» jamoalari Toshkentdao‘zaro to‘qnash kelishadi.

Mazkur uchrashuvni G‘ayrat Jo‘rayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Avaz Abdullayev yordam berishadi. Zahira hakami — Jasur Muxtorov. Hakamlarni Bobur Haydarov nazorat qiladi, uchrashuv komissari — Abdulbosit Valixonov.

O‘zaro o‘yinlar

«Bunyodkor» va «Mash’al» shu kungacha chempionat bahslarida 25 marta to‘qnash kelgan. Ulardan 19 tasida «Bunyodkor», 2 tasida «Mash’al» g‘alaba qozongan, 4 uchrashuv durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 9 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, “qaldirg‘ochlar” 47 marta gol urgan. O‘zaro o‘yinlarda «Mash’al» 10, «Bunyodkor» esa 61 ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishgan.

«Mash’al»ning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi — 3:2. «Bunyodkor»ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi esa — 5:1.

«Bunyodkor» - «Mash’al» bahsi 26 oktyabr, yakshanba kuni soat 18:30 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/Mashal_uzbekistan
Kiritildi: 07:08, 26.10.2025.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик