Xans-Diter Flikning "Barselona"dagi yordamchisi Markus Zorg "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:2) keyin jamoaning kadrlar bilan bog‘liq muammolari haqida fikr bildirdi.
"Levandovski - jahon darajasidagi hujumchi. Albatta, u bizga yetishmadi, ammo jarohatlar futbolda odatiy hol, bunga qarshi hech narsa qilib bo‘lmaydi. Biz raqib himoyachilari oldiga yangi vazifalar qo‘yish uchun tuzilmani o‘zgartirishga qaror qildik," - deya Flikning assistenti so‘zlarini keltiradi Managing Barca.













