Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Andijon» yordamchi murabbiyi: «Bundan katta fojea yasash kerak emas»

«Andijon» yordamchi murabbiyi: «Bundan katta fojea yasash kerak emas»

Baho:
+ | -

"Surxon" - "Andijon" (4:0) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida andijonliklar bosh murabbiyi Maksim Shaskix sog‘ligi bilan bog‘liq muammo tufayli uning o‘rniga yordamchi murabbiy Akmal Shorahmedov qatnashdi.

- O‘yinni yomon boshlamadik. Bizda o‘yinlar ko‘pligi sababli qiyin bo‘lyapti. Chunki faqat bitta tarkib bilan o‘ynayapmiz. Asosiy tarkibdagi ikkita futbolchiga dam berib, biroz rotasiya qilmoqchi bo‘ldik. Lekin bu futbol. Birinchi o‘tkazib yuborilgan goldan keyin jamoa o‘ziga kela olmadi. Ketma-ket shedevr gollar kirib ketdi. O‘yindan oldin ham aytib turgandim, futbolchi bo‘lganman, OCHLda o‘ynab turib yana chempionatga qo‘shib o‘ynab ketish juda ham qiyin. Chunki OCHLda o‘ynaganda futbolchi o‘zini yuqori tutib, ishonchi yanada ko‘payib ketadi. Futbolda bor narsa. Shu bois har uchrashuvda qaysi chempionatda o‘ynsak ham isbotlashimiz kerak. Turnir jadvali bo‘yicha teparoqda bo‘lishimiz kerak. Mayli, hisob kattalashib ketdi. 1:0 mi, 4:0 mi, baribir yutqazdik. Bundan katta fojea yasash kerak emas. Yigitlarga ham aytdik. Hozir eng yaxshisi, shunday mag‘lubiyatlar jamoani aksincha keyingi uchrashuvlarga birlashtiradi, deb o‘ylayman. Muxlislarimizdan ushbu mag‘lubiyat uchun uzr so‘raymiz.

- "Andijon" xalqaro arenada o‘ynayapti. OCHLdagi o‘yiniga omad tilaymiz. "Andijon" katta loyiha. Jamoani bugungi o‘yiniga nima yetishmadi?

- Biz ham, "Nasaf" ham rotasiyadan qiynalyapmiz. Chunki bizda 10-12 ta o‘yinchilarimiz bor, qolgani yoshroq. Qaysidir uchrashuvda kimgadir dam berish yoki almashtirish juda qiyin kechyapti. Bundan avval "Mash’al" bilan o‘yinda ham shunday qilgandik, bo‘lmadi. OCHL uchun o‘yinchi olmoqchi bo‘ldik, 1-2 tasi jarohat olib qoldi. Shu bois bitta tarkib bilan o‘ynashga to‘g‘ri kelyapti. Qachondir shu narsa bo‘lishi kerak edi. "Surxon"ga kelganda shu narsa bo‘ldi.

- Erjan Tokotayev nafaqat Qirg‘izistonning, balki Markaziy Osiyoning zo‘r darvozabonlaridan biri. "Surxon"dan 4 ta gol o‘tkazib yubordi. U formada emasmi?

- Biz jamoamiz. Yutqazdikmi, butun jamoa bo‘lib yutqazdik. Futbol doirasi ichida xatolarni ko‘rib chiqamiz. Lekin bir-birimizga u yoki bu yomon deyishimiz yaxshi emas. Men ham futbolda katta bo‘lganman. Yutqazdikmi, hammamiz yutqazdik. Bizni aybimiz vaqtida rotasiya qilishga tajribali o‘yinchilarni kam olganimiz, deb o‘ylayman.

Kiritildi: 05:03, 28.10.2025.
O'qildi: 1510 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик