Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Zidan “YUventus” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Zidan “YUventus” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Turin klubi ketma-ket 8 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti (5 ta durang, 3 ta mag‘lubiyat). Mazkur natijalar ortidan “Yuventus” rahbariyati xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi. Hozirda uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida Zidan ko‘rsatilmoqda.

Zidanning nomzodi bir nechta omillar asosida tanlangan: uning futbolda obro‘-e’tibor qozongan shaxs ekani, tajribasi va yetuk futbolchilar bilan ishlashdagi mahorati bunga sabab bo‘lgan. “Real Madrid” bilan erishgan yutuqlari esa uning murabbiylik salohiyatini tasdiqlaydi.

Avvalroq OAVda Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishni istayotgani, shuning uchun klublardan kelayotgani takliflarni ko‘rib chiqmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.  

Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan bungacha ikki bor Madridning “Real” klubiga bosh murabbiylik qilgan (2016–2018 va 2019–2021 yillar oralig‘ida). Ushbu davr mobaynida u jamoa bilan uch marta UYEFA Chempionlar Ligasi, ikki marta La Liga chempionligi va ikki bor Ispaniya Superkubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:16, 28.10.2025.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик