Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

O‘zbekiston va Portugaliya futzal federasiyalari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Portugaliya futzal federasiyalari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov xizmat safari doirasida Portugaliyada bo‘lib turibdi. Tashrif chog‘ida O‘FF rahbari Portugaliya futbol federasiyasi futzal yo‘nalishi rahbari, mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jorge Braz, shuningdek, futzal yo‘nalisha rahbari Antonio Ferreira bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida ikki mamlakat futzalining rivojiga xizmat qiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorge Braz o‘zbek delegasiyasiga mamlakat terma jamoalari infratuzilmasi, murabbiylar shtabi faoliyati va futzalchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar quyidagi muhim yo‘nalishlarda kelishuvga erishdilar:

- Portugaliyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etib, futzal terma jamoasi murabbiylarining malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi uchun sharoit yaratish;

- Futzal sohasida mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish dasturini yo‘lga qo‘yish;

- Yaqin kelajakda O‘zbekiston va Portugaliya milliy, yoshlar hamda o‘smirlar futzal terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish.

O‘FF prezidenti Bekzod Mamatqulov uchrashuv natijalari haqida fikr bildirar ekan, bu tashrif O‘zbekiston futzali taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishini ta’kidladi:

“Portugaliya futzali bugungi kunda dunyoning eng ilg‘or tizimlaridan biridir. Biz uchun ularning tajribasini o‘rganish va o‘z tizimimizga tadbiq etish nihoyatda muhim. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston futzali rivojida yangi sahifa ochadi”, — dedi B.Mamatqulov.

Mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlash, futzal yo‘nalishida xalqaro hamkorlik va tajriba almashuvini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tashrif yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almashishdi. Bekzod Mamatqulov uchrashuvdan so‘ng xizmat safari bilan London shahriga jo‘nab ketdi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 14:19, 28.10.2025.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик